G‘IJDUVONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
2026-11-03 16:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Eshondadayevich Burxanov hamda ishchi guruh tomonidan G‘ijduvon tuman “Dehqon bozori” MChJda raqamlashtirish jarayonlari, kuzatuv kameralari faoliyati va oziq-ovqat xavfsizligi holati bilan tanishildi.
Shuningdek, tuman Tez tibbiy yordam bo‘limida sohani raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ishga qabul qilish jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning natijadorligi o‘rganildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish — jamiyat oldidagi umumiy mas’uliyat. Har bir jarayonda qonuniylik, xolislik va hisobdorlikni ta’minlash, inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish orqali xalq ishonchini mustahkamlash muhimdir. G‘ijduvon tumanida bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.









