FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
2026-10-20 14:25:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A. Rajabov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Murojaatlarning ayrimlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Xalq bilan ochiq muloqot, murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish va muammolarga amaliy yechim topish — G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishidir.


