G‘IJDUVONDA MUHIM TRANSPORT YO‘NALISHI YANGILANMOQDA
2026-10-17 17:50:00 / Yangiliklar

G‘ijduvon tumanida davlat ahamiyatiga ega D067 “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lining 258–268-kilometrlari oralig‘ida “Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish” dasturi doirasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi G‘ijduvon tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi DM tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda eskirgan asfalt qoplamasi freza yordamida olib tashlanib, yangi asfalt yotqizish uchun zamin tayyorlanmoqda.
Ushbu yo‘l nafaqat manzillarni, balki insonlar, imkoniyatlar va hududlar taraqqiyotini bog‘laydi. G‘ijduvon tumanini Navoiy viloyatining Konimex tumani bilan hamda “Yangi O‘zbekiston” massivini bog‘lovchi mazkur transport yo‘nalishining yangilanishi qatnov xavfsizligini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Obod yo‘llar — yuksalish sari dadil qadam! Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi turmush farovonligini oshirish va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qaratilgan








