RASMIY MUNOSABAT
2026-09-21 08:35:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda G‘ijduvon tumanidagi 69-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan xodimlarga bosim o‘tkazilishi, dam olish kunlarida ishga jalb etish, ish haqidan ushlab qolish, qisqa muddatli guruhlar hamda ota-onalar to‘lovlari bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat G‘ijduvon tumani hokimligi tomonidan nazoratga olindi. Murojaatda keltirilgan har bir masala xolis va qonuniy tartibda o‘rganilib, tegishli hujjatlar hamda amaldagi tartiblar tahlil qilinadi. Aniqlangan holatlarga qonunchilik asosida huquqiy baho beriladi.
✅ G‘ijduvon tumani hokimligi uchun fuqarolar murojaatlari — shunchaki murojaat emas, balki muammoni aniqlash va uning qonuniy yechimini topish uchun muhim asosdir. Shu bois mazkur masala nazoratga olinib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.
