G‘IJDUVONDA FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA
2026-09-16 16:05:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani hokimining o‘rinbosari N. Qo‘ldoshev tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini ochiq bayon etdilar. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan murojaatlar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
📋 Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
🔹 Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik va har bir masalaga amaliy yechim topish — tuman hokimligi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.


