RASMIY MUNOSABAT
2026-09-15 15:00:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda G‘ijduvon tumani Soktari mahallasidan o‘tuvchi asosiy avtomobil yo‘lining ta’mirtalab holati yuzasidan fuqaro tomonidan videomurojaat tarqatilib, mahalliy hokimlik mas’ul xodimi tomonidan unga nisbatan bosim o‘tkazilgani va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish bilan tahdid qilingani haqida fikrlar bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, murojaat holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog‘ida qo‘pol so‘zlar ishlatilmagani hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish bilan tahdid qilinmagani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, fuqaro tomonidan ko‘tarilgan yo‘l masalasi bo‘yicha rasmiy javob berilgani ma’lum bo‘ldi.
