Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar yechimining muhim omili.
2026-09-14 18:45:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani hokimining o‘rinbosari E. Farmonov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqilib, har bir masala yuzasidan amaliy yechimlar belgilandi.

Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullariga aniq vazifalar yuklatildi. Ularning ijrosi belgilangan tartibda nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.
Inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda har bir murojaat ortida turgan muammoni o‘z vaqtida bartaraf etish G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.


