RASMIY MUNOSABAT
2026-09-08 19:10:00 / Rasmiy munosabat

Mustaqillik MFY Oqtepa qishlog‘ining xo‘jaliklararo 2 000 metr ichki yo‘li 2023-yilda PQ-408-sonli qaror asosida ta’mirlash dasturiga kiritilgan.
Biroq fuqarolarning video murojaatida ko‘rsatilgan ichki yo‘lning kengligi asfalt yotqizish texnikasining kenglik talablariga javob bermaganligi sababli mazkur yo‘lni asfaltlashtirishning texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagan. Shu bois ichki yo‘l loyihalashtirilmagan hamda asfaltlashtirish dasturidan qoldirilgan.Va kelgusida kengligi talabga javob bermaydigan yo‘llar bosqichma-bosqich betonlashtiriladi.
Shu bilan birga, mazkur masala e’tiborsiz qoldirilmagan. Yo‘lni mahalla jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda betonlashtirish rejalashtirilgan.
Aholi tomonidan ko‘tarilayotgan har bir murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda muammolarni amaliy hal etish choralariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
