G‘IJDUVON TUMANIDA BILIMLAR KUNI KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI
2026-09-02 10:05:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida 1-sinfga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bu quvonchli lahzalar bolajonlar uchun yangi o‘quv yilining unutilmas boshlanishiga aylandi.
📚 Shuningdek, tuman hokimi maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularning kelgusidagi maqsad va rejalari, oliy ta’lim muassasalariga kirish istaklari hamda tanlagan kasblari bilan qiziqdi. O‘quvchilarning fikr va takliflari tinglanib, kelajakdagi rejalarini amalga oshirish, bilim va salohiyatlarini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tuman hokimi Farxod Umarov o‘quvchilarga puxta bilim olish, oldilariga katta maqsadlar qo‘yish va Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini tiladi.
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va buyuk orzular sari dadil qadamlar boshlanishidir!
Barcha o‘quvchilar, ustoz va murabbiylarni Bilimlar kuni bilan muborakbod etamiz!









