G‘IJDUVONDA 34-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI MUKAMMAL TA’MIRLANIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-08-31 16:40:00 / Yangiliklar

Maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda G‘ijduvon tumani hokimi Farxod Umarov, tuman prokurori, ta’lim sohasi mutasaddilari, tarbiyachilar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🎙 Tadbirda so‘zga chiqqan G‘ijduvon tumani hokimi Farxod Umarov yangilangan maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilgani bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchani qutlab, bolajonlar uchun yaratilayotgan bunday zamonaviy sharoitlar mamlakatimizda ta’lim va tarbiya sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy natijasi ekanini ta’kidladi.
🏅 Tadbir davomida ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirishga munosib hissa qo‘shgan quruvchilarning mehnati alohida e’tirof etildi. Fidokorona mehnati bilan ajralib turgan quruvchiga tantanali ravishda to‘n kiydirilib, uning mehnatiga hurmat va minnatdorlik bildirildi.
✨ Mukammal ta’mirdan chiqarilgan maskanda tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay sharoitlar yaratildi. Endilikda bu yerda bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur imkoniyatlar mavjud.
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” (OPEK) loyihasi doirasida amalga oshirilgan ushbu bunyodkorlik ishlari Gajdumak MFY hududida maktabgacha ta’lim infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🎉 Barchangizni yangilangan maskanning foydalanishga topshirilgani hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etamiz!









