G‘IJDUVONDA YANGI 870 O‘RINLI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-08-29 16:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda so‘zga chiqqan G‘ijduvon tumani hokimi Farxod Umarov yangi maktab binosining foydalanishga topshirilgani bilan barcha ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda yig‘ilganlarni samimiy muborakbod etdi.
Hokim o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchani qutlab, yangi ta’lim maskani yosh avlodga sifatli ta’lim va munosib tarbiya berish, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida muhim maskanga aylanishini ta’kidladi.
“Maktab — shunchaki bino emas. Maktab — bolaning orzulari qanot yozadigan, bilim va tarbiya beriladigan, Vatanga munosib farzandlar voyaga yetadigan muqaddas maskandir.”
🎓 Darhaqiqat, zamonaviy maktab — kelajak poydevori. Bu dargohda o‘quvchilarning puxta bilim olishi, iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.
✨ Ishonamizki, ushbu maktabdan kelajakda yurtimizga xizmat qiladigan bilimli olimlar, mohir shifokorlar, fidoyi muhandislar, zamonaviy kasb egalari va eng muhimi, Vatanini sevuvchi, xalqiga sadoqatli insonlar yetishib chiqadi.
🏫 Yangi maktab qutlug‘ dargohga aylansin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
🎉 Barchangizni yangi maktab binosining foydalanishga topshirilgani hamda Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz!









