FUQAROLAR MUROJAATLARI – AMALIY YECHIM VA OCHIQ MULOQOT USTUVOR.
2026-09-03 14:20:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani hokimining o‘rinbosari F. Raxmatov tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ijobiy yechim topdi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlar ijrosiga yo‘naltirildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlariga qonuniy va adolatli yechim topish hamda aholini qiynayotgan masalalarni tizimli ravishda bartaraf etish G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri.


