G‘IJDUVONDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN NAVBATDAGI SHAXSIY QABUL O‘TKAZILDI
2026-09-02 19:00:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani hokimining o‘rinbosari N.Qo‘ldoshev tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ijobiy yechim topdi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar mas’ul tashkilotlar ijrosiga yo‘naltirildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlariga qonuniy va adolatli yechim topish hamda aholini qiynayotgan masalalarni tizimli ravishda bartaraf etish G‘ijduvon tumanida olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.



