XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT — MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM
2026-08-18 16:15:00 / Yangiliklar

Ana shu tamoyillar asosida G‘ijduvon tumani hokimi F. Umarov tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
💬 Fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kadastr, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, muammolarni hal etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.
✅ Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
🤝 Xalq bilan ochiq muloqot — ishonchni mustahkamlaydi. Muammoni tinglash — uning yechimiga qo‘yilgan birinchi qadamdir. G‘ijduvon tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida hal etish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan sayyor qabullar izchil davom ettirilmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek, inson manfaatlari va xalq roziligi — barcha islohotlarning bosh maqsadidir. Shu ezgu maqsad yo‘lida har bir fuqaroning murojaati e’tiborda, har bir muammo yechimda bo‘lishi lozim.
Inson qadri ulug‘langan yurtda xalq bilan muloqot — taraqqiyot va ishonchning mustahkam poydevoridir.






