G‘IJDUVONDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI
2026-08-12 20:35:00 / Yangiliklar

Fermer xo‘jaliklarida paxtani parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, hosilni saqlab qolish va yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
🐄 Shundan so‘ng “Hurmatbibi Kumush Omadi” fermer xo‘jaligida 200 bosh naslli qoramol parvarishi bilan tanishildi. Xo‘jalik faoliyatini kengaytirish maqsadida 322-son qaror asosida yengil konstruksiya asosida qurilayotgan molxona holati ko‘zdan kechirildi.
🥔 Shuningdek, “Tabarruk Zami” fermer xo‘jaligida qariyb 1 gektar maydondagi takroriy ekin — kartoshkaning unib chiqish holati o‘rganildi.
📌 Tashrif yakunida qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash, takroriy ekinlardan samarali foydalanish va chorvachilik yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.









