BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – KELAJAK SARI MUHIM QADAM
2026-07-09 14:20:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunar egallashi hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
💬 Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat, taklif va tashabbuslarini erkin bildirdilar. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchi va taraqqiyot tayanchi. Ularning bilim olishi, munosib ish bilan ta’minlanishi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. G‘ijduvon tumanida bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.









