HUQUQ-TARTIBOT VA OSOYISHTALIK YO‘LIDAGI FIDOYILARGA E’TIBOR.
2026-07-09 15:30:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani hokimi F. Umarov tuman IIB profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati, ish jarayonida uchrayotgan muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🏅 Uchrashuv yakunida xizmat vazifasini sidqidildan bajarib, yuqori natijalarga erishgan, mahallalar tinchligi va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh profilaktika inspektorlari tuman hokimi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




