G‘IJDUVONDA ZAMONAVIY SPORT MAJMUASI BARPO ETILADI.
2026-07-08 15:25:00 / Yangiliklar

Umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etadigan hududda zamonaviy sport majmuasi barpo etiladi. Loyiha doirasida 90×45 metr o‘lchamdagi futbol maydoni, voleybol va basketbol maydonchalari, sog‘lomlashtirish yo‘lagi hamda tomoshabinlar tribunasi qurilib, yoshlar va sport ixlosmandlari uchun barcha qulayliklar yaratiladi.
👥 Qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida G‘ijduvon tumani hokimi F. Umarov, tuman hokimi o‘rinbosari E. Farmonov, tuman IIB boshlig‘i B. Sharipov hamda tegishli mutasaddilar obyektda bo‘lib, amalga oshiriladigan ishlarni atroflicha muhokama qildilar. Qurilish jarayonlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda sport inshootini zamonaviy talablar asosida bunyod etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🌟 Mazkur loyiha nafaqat G‘ijduvon tumani, balki hudud yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iqtidorli sportchilarni kamol toptirish va sog‘lom avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Yangi sport majmuasi yoshlar uchun zamonaviy sport maskaniga aylanishi bilan birga, ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.









