Fuqarolar murojaati – e’tibor, mas’uliyat va amaliy natija!
2026-07-06 18:35:00 / Yangiliklar
Bugun G‘ijduvon tumani hokimining o‘rinbosari tomonidan tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Unda aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar, takliflar va muammolar sinchkovlik bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan qonunchilik doirasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Qabul davomida yechimi imkon darajasida bo‘lgan murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini tinglash va har bir murojaatga amaliy yechim topish G‘ijduvon tumanida davlat idoralari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.




