DALADAGI FIDOYILARGA EHTIROM — MEHNATGA BERILGAN YUKSAK BAHO.
2026-06-18 17:40:00 / Yangiliklar

G‘ijduvon tumanida ham 2026-yil hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish maqsadida tashkil etilgan o‘rim-yig‘im otryadlari tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Kombaynchilar, haydovchilar, fermerlar, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar tizimi xodimlari hamjihatlikda mehnat qilib, davlat xirmoniga munosib hissa qo‘shmoqda.
🤝 G‘ijduvon tumani hokimi F. Umarov dalalarda bo‘lib, mavsumni namunali tashkil etayotgan otryadlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehnat frontida fidoyilik ko‘rsatayotgan mas’ullar, mexanizatorlar va otryad a’zolariga samimiy minnatdorlik bildirib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
✨ Bu e’tibor, avvalo, yurt rizqi uchun zahmat chekayotgan insonlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yorqin namunasidir. Chunki har bir boshoqda dehqonning mashaqqatli mehnati, har bir donada esa xalqimiz dasturxonining barakasi mujassam.
🌾 Daladagi fidoyilar mehnati — xalq farovonligi, Vatan ravnaqi va ertangi kunimiz kafolatidir.
👏 G‘allakorlarimizga mustahkam sog‘lik, xonadonlariga fayzu baraka va mavsumda ulkan zafarlar tilaymiz!
Yurt rizqi uchun mehnat qilayotgan insonlar — xalqimizning chinakam qahramonlaridir!🌾🏆









