HALOLLIK — TARAQQIYOT POYDEVORI, KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH ESA BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
2026-06-02 15:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Joriy yilning 2-iyun kuni G‘ijduvon tumani hokimligida apparat xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash — umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda davlat xizmatida mas’uliyatni yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Korrupsiyaga qarshi kurash — faqat tegishli tashkilotlarning emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchidir.



