G‘IJDUVONDA 70 TA LOYIHA — TARAQQIYOT VA SIFAT MASALASI MARKAZDA!
2026-06-01 23:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilda G‘ijduvon tumanida davlat dasturlari asosida umumiy qiymati 333 184,2 milliard so‘m bo‘lgan 70 ta yirik loyiha doirasida qurilish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Ushbu loyihalar tuman infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va hudud taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qilmoqda.

Tuman hokimi F. Umarov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda qurilish ishlari olib borilayotgan barcha obyektlar rahbarlari va mas’ullar bilan loyihalar ijrosi birma-bir, tanqidiy va tahliliy ruhda muhokama qilindi. Har bir loyiha bo‘yicha bajarilgan ishlar holati va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅ Yig‘ilish yakunida obyektlarni sifatli, shaffof va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, shuningdek, qurilish jarayonlari ustidan nazoratni yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Bu esa har bir loyiha ortida turgan maqsad — xalq manfaatini ta’minlash ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.







