Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari!
2026-06-01 23:10:00 / Yangiliklar
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan G‘ijduvon tumanining bir qator hududlarida bolajonlar uchun quvonch va shodlikka boy bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu sana bolalar baxti, ularning orzu-umidlari va beg‘ubor kulgusi bilan yanada mazmunli nishonlanmoqda.

Jumladan, “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog‘ida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan katta bayram konsert dasturi o‘tkazildi. Tadbir davomida bolalar uchun rang-barang musiqiy chiqishlar, quvnoq sahna ko‘rinishlari va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilib, ularga unutilmas bayram kayfiyati ulashildi.
🌈 Mazkur bayram tadbirlari Yangi O‘zbekistonda bolalarga bo‘lgan yuksak e’tibor, mehr va g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasi bo‘lib, kelajak avlodning baxtli, sog‘lom va farovon voyaga yetishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning amaliy natijasidir.








