G‘IJDUVONDA BARAKA MAVSUMIGA START BERILDI!
2026-06-01 13:25:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 1-iyun kuni G‘ijduvon tumanida bug‘doy o‘rimi mavsumi boshlandi. Shu munosabat bilan tuman hokimi F.Umarov G‘ovshun mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “To‘ri o‘g‘il” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, tumanda birinchilardan bo‘lib boshlangan o‘rim ishlarida ishtirok etdi.

Milliy urf-odatlarimizga muvofiq, o‘rimga oq fotiha berilib, jonliq so‘yildi va Qur’oni karim tilovat qilindi. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda fermer va dehqonlar mehnatiga baraka tilab duolar qilindi.
🌾 Har bir boshoq — mehnat, har bir don — baraka timsoli. Bugun G‘ijduvon dalalarida boshlangan bug‘doy o‘rimi xalqimiz dasturxoni to‘kinligi va mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Barcha g‘allakorlarimizga barakali hosil, xirmonlari yuksak va o‘rim mavsumi fayzli bo‘lishini tilaymiz!






