Joriy yilda Gʻijduvon tumanidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan 256 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 5 ming 246 gektar maydonga g‘alla ekib parvarishlandi.
2026-05-29 16:00:00 / Yangiliklar

🔼Viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi ishchi guruhning o‘rganishlari davomida aynan yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. O‘rim mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish uchun tumanda 21 otryad shakllantirilgan. Yuqori unumli 21 ta «Claas», «Keys» kombayni safarbar etilgan. Ularning har biriga g‘alla tashish uchun yuk tashuvchi mashina va boshqa texnik vositalar biriktirilgan.
✔️O‘rganishlar davomida texnikalarning mavsum oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani, yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangani, otryad a’zolarining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, xavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari ko‘rikdan o‘tkazildi.
💬Shuningdek, o‘rim mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga otryadlarni shakllantirish, vazifalar taqsimoti, kombayn operatorlari va haydovchilarga ish haqi ajratish va rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.









