G‘IJDUVONDA “DXX KUBOGI” MINI FUTBOL MUSOBAQASINING FINAL BOSQICHI YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI.
2026-05-28 14:25:00 / Yangiliklar

Yakuniy natijalar:
🥉 3-o‘rin — Vazirshox MFY
🥈 2-o‘rin — Amirobod MFY
🥇 1-o‘rin — Pomo‘za mahallasi yoshlari
🏅 G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, ularning yutuqlari keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi.
🤝 Tadbirda G‘ijduvon tumani hokimi F.Umarov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etib, sportchi yoshlarni samimiy tabrikladilar. Tuman hokimi o‘z nutqida sport — yoshlarni birlashtiruvchi, ularning irodasi va matonatini mustahkamlovchi muhim omil ekanini ta’kidlab, Pomo‘za mahallasi yoshlariga viloyat bosqichida ham munosib ishtirok etib, yuksak natijalar qayd etishiga ishonch bildirdi va ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
🌟 Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi hamda yurtimizda sportni rivojlantirish borasidagi ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi bo‘ldi.









