G‘IJDUVONDA 40 NAFAR BOLAJON UCHUN XAYRIYA XATNA TO‘YI TASHKIL ETILDI.
2026-05-28 12:50:00 / Yangiliklar

Ana shunday savobli tadbirlardan biri G‘ijduvon tumani O‘zanon MFY hududidagi “Osiyo Grant” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Hokimlik hamda homiylar ko‘magida ehtiyojmand oilalarda voyaga yetayotgan 40 nafar bolajon uchun milliy qadriyatlarimizga xos tarzda xayriya xatna to‘yi tashkil etildi.
🕌 Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir Qur’on tilovati bilan boshlandi. Unda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, oilalar baxti hamda ezgu ishlar bardavom bo‘lishi tilab duolar qilindi.
👏 Tadbirda G‘ijduvon tumani hokimi F.Umarov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etib, bolajonlarni muborakbod etdilar. Tuman hokimi o‘z tabrik so‘zida xalqimizga xos mehr-saxovat, insonparvarlik va hamjihatlik fazilatlari bunday xayrli tadbirlarda yanada yorqin namoyon bo‘layotganini alohida ta’kidladi.
🧥 Milliy urf-odatlarimizga muvofiq bolajonlarga to‘n kiydirilib, ularga ezgu tilaklar bildirildi. Bayram davomida dasturxon yozilib, kuy-qo‘shiqlar va ko‘ngilochar chiqishlar orqali bolajonlarga unutilmas quvonch ulashildi. Shuningdek, har bir bolaga esdalik sovg‘alari, kiyim-kechak va zaruriy buyumlar topshirildi.
✨ Ushbu xayriya tadbiri orqali ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod qalbiga mehr va e’tibor ulashish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda jamiyatda saxovat va insonparvarlik muhitini yanada mustahkamlash maqsad qilindi.
💬 Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar va mahalla faollari ushbu xayrli ishni tashkil etgan homiylar hamda mutasaddilarga samimiy minnatdorlik bildirdilar.
🌟 Yurtimizda inson qadri, mehr-oqibat va saxovatni ulug‘laydigan bunday ezgu tashabbuslar xalqimiz birdamligi va jamiyatimizdagi yuksak insonparvarlik fazilatlarining yorqin ifodasidir.









