Qurbon hayiti G‘ijduvon tumanida ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
2026-05-27 09:10:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumanida muborak Qurbon hayiti keng nishonlandi. Tumandagi 7 ta masjidda minglab yurtdoshlar hayit namozini ko‘tarinki ruhda ado etdilar. Ayniqsa, Xo‘ja Abdulxoliq G‘ijduvoniy jome masjidi erta tongdanoq namozxonlar bilan gavjum bo‘ldi.

Hayit ma’ruzalarida Qurbon hayitining mazmun-mohiyati, muqaddas dinimiz buyurgan ezgu amallar, yurtimizdagi tinchlik va farovon hayotning qadri haqida so‘z yuritildi. Nuroniy otaxonlar yurt tinchligi va xalq farovonligini tilab duolar qilishdi.
🌿 Ayni kunlarda joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, saxovat va xayriya aksiyalari davom etmoqda. Kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Qurbon hayiti xalqimizga xos mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlarini yana bir bor namoyon etdi.









