Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
2026-05-27 01:10:00 / Yangiliklar

Qurbon hayiti — mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va shukronalik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlaydigan ulug‘ ayyomdir. Bu kunlarda insonlar bir-biriga yanada yaqinlashadi, ko‘ngillar yorishadi, ezgulik va hamjihatlik tuyg‘ulari kuchayadi.
Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgani, xalqimiz mana shunday muborak kunlarni hamjihatlikda va xotirjamlikda qarshi olayotgani — eng ulug‘ ne’matlardan biridir.
Bayram kunlarida muhtojlar holidan xabar olish, qarindosh-urug‘ va yaqinlarni ziyorat qilish, xayr-u ehsonlar qilish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardir. Bu kabi amallar jamiyatimizda mehr-oqibatni yanada kuchaytiradi.
Aziz yurtdoshlar, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik va fayz-u baraka tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha ahil bo‘lsin!
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
