QURBON HAYITI OLDIDAN XAVFSIZLIK CHORALARI KUCHAYTIRILDI.
2026-05-25 23:20:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani hokimi F.Umarov rahbarligida huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari bilan birgalikda tumandagi muqaddas maskanlarda o‘rganish ishlari olib borildi. Qurbon hayiti munosabati bilan Toshmasjid, Imom Buxoriy, So‘fi Dehqoni Bolo va Fireshkent masjidlari ko‘zdan kechirilib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari alohida nazoratga olindi.

Masjidlar hududidagi kuzatuv kameralari, tungi yoritish tizimi, kirish-chiqish yo‘laklari hamda jamoat tartibini ta’minlash holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlikni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
🤝 Muqaddas Qurbon hayiti kunlarida fuqarolarning ibodatlarini tinch va osoyishta sharoitda ado etishi, jamoat joylarida xavfsizlik va tartibni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.









