G‘IJDUVONDA AHOLINI TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA YANA BIR MUHIM QADAM.
2026-05-22 00:50:00 / Yangiliklar

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” (OPEK) loyihasi doirasida G‘ijduvon tumanining Zargaron va Taxtaxon MFYlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda Oqgul MFYning Oqgul qishlog‘ida joylashgan suv inshootini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha yuzlab xonadonlarni sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
🏗 Umumiy qiymati 3526,0 million so‘m bo‘lgan loyiha “Qishloq qurilish loyiha” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari “MODERN IDEAL BUILDINGS” MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Hozirda obyektda ishlar jadal sur’atlarda davom ettirilib, har bir jarayonda sifat va samaradorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.
👷♂️ Tuman hokimi F.Umarov qurilish obyektida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Qurilish jarayonlari, bajarilayotgan ishlar sifati hamda muddatlariga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Bunday bunyodkorlik ishlari — xalq farovonligi, sog‘lom turmush va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biridir.






