G‘IJDUVONDA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA
2026-05-22 00:20:00 / Yangiliklar

Loyihaning loyiha tashkiloti sifatida “Qishloq qurilish loyiha” faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, qurilish-ta’mirlash ishlari “Fast Quality Building” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda obyektda rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda.
👷♂️ Olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman hokimi F.Umarov obyektga tashrif buyurdi. Qurilish jarayonlari, bajarilayotgan ishlar sifati hamda ish sur’atlari joyida o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur loyiha hududda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish hamda yosh avlod uchun munosib sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.









