Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Prezidentning joriy yil 5 yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan Buxoro viloyatida o‘rganishlar davom etmoqda.
2026-05-21 15:05:00 / Yangiliklar

Jumladan, yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlangan shaxslar hamda ishsiz fuqarolar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ularning bandligini taʼminlash, ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, shuningdek har bir shaxs bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlar o‘tkazishni tizimli tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.Shu bilan birga, mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishda “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni aniq belgilab olish, ularning masʼuliyatini yana-da kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabining Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.





