G‘ijduvon tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot.
2026-05-13 13:40:00 / Rasmiy munosabat
Bugun, 12 may kuni soat 22:15 da 112 tizimi orqali Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Degrezon” MFY hududida, yo‘l yoqasida joylashgan 4 ta savdo do‘konida (2 ta oziq-ovqat va 2 ta parfumeriya mahsulotlari do‘koni) yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Buxoro viloyati FVBGA xabar kelib tushgan.
Qutqaruv bo‘linmalari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 22:25 da o‘rab olgan va soat 23:23 da batamom o‘chirilgan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida savdo do‘konlarining ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
