SOHIBIYON MAHALLASIDA SAYYOR QABUL: XALQ MUROJAATLARI ESHITILDI, YECHIMLAR AMALDA.
2026-05-05 22:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuv keng qamrovda — nuroniylar, yoshlar va mahalla faollari ishtirokida o‘tkazildi. Har bir murojaat ortida turgan inson dardi, hayotiy ehtiyoji va taklifi alohida e’tibor bilan tinglandi.
📣 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning mazmuni qonunchilik talablari asosida tushuntirildi. Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi.
📋 Qabul davomida ko‘tarilgan ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari tashkil etildi, mavjud holatlar amalda tahlil qilindi.
⏳ Muddat talab etiladigan murojaatlar esa aniq reja asosida nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha ijroga qaratildi hamda mas’ul idoralarga aniq topshiriqlar berildi.
🇺🇿 Ta’kidlash joiz, bunday sayyor qabullar — davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish va eng muhimi, fuqarolar roziligini ta’minlashning muhim mexanizmidir.
✨ Sohibiyon mahallasidagi ushbu ochiq muloqot yana bir bor shuni ko‘rsatdiki: xalq bilan yuzma-yuz muloqot — eng to‘g‘ri va eng samarali yo‘l.
🤝 Har bir murojaat e’tiborda, har bir taklif nazoratda, har bir muammo esa yechim sari yo‘naltirilmoqda.









