G‘IJDUVON TAJRIBASI: SANOAT IPOTEKASI ASOSIDA YANGI ISHLAB CHIQARISH NUQTALARI YARATILMOQDA.
2026-05-05 22:40:00 / Yangiliklar

Mazkur qarorlarga muvofiq, tumanimizning 20 ta mahallasida 15 sotixdan yer maydonlari “G‘ijduvon tajribasi” asosida sanoat ipotekasi tizimi orqali ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirish uchun belgilab olindi.
🏦 Ushbu tizimning muhim jihati shundaki, loyihalar Mikrokreditbank tomonidan tayyor qurilgan holda, sanoat ipotekasi asosida 10 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan tashabbuskor tadbirkorlarga taqdim etilmoqda.
📊 Bugungi kunga kelib:
— mahallalarda yer maydonlari aniq belgilandi
— loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi
— qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi
🏗 Xususan, G‘ishti va Oqrabot mahallalari hududida amalga oshirilayotgan ishlar tuman hokimi hamda mas’ul mutasaddilar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
👷♂️ Tashrif davomida loyihalarning amalga oshirish jarayoni, qurilish sifati va kelgusidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.
🇺🇿 Bu tashabbusning asosiy maqsadi — mahalliy darajada sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va eng muhimi aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratishdir.
💡 Ushbu loyihalar natijasida:
— yangi ish o‘rinlari yaratiladi
— mahalliy ishlab chiqarish kengayadi
— eksport salohiyati oshadi
— hududlar iqtisodiy jihatdan mustahkamlanadi
🤝 “G‘ijduvon tajribasi” bugungi kunda nafaqat tuman miqyosida, balki respublika darajasida ham samarali model sifatida shakllanib bormoqda.
✨ Eng muhim jihat — har bir mahalla endi faqat yashash hududi emas, balki ishlab chiqarish va iqtisodiy rivojlanish markaziga aylanish yo‘lida harakat qilmoqda.
📌 Maqsad aniq: barqaror iqtisodiyot, kuchli tadbirkorlik va farovon hayot!





