G‘IJDUVONDA MUHIM SAYYOR QABUL: MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILMOQDA
2026-05-04 11:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda hududda suv resurslaridan samarali foydalanish, tejash va tizimni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, muhim rejalarning ijrosi muhokama etildi.
2026-YIL REJALARI: 1420 gektar — suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi 1500 gektar — yer maydonlari lazer uskunasi bilan tekislanadi 180 km — sug‘orish tarmoqlari betonlashtiriladi “Qorxoni” mahallasi — 0,5 km ariq betonlanadi va yangi suv inshooti quriladi
FUQAROLAR MUROJAATLARI: “Zarafshon” mahallasidagi “Shilvon” arig‘ini betonlash “Sho‘rcha” qishlog‘iga quvur orqali oqar suv yetkazib berish Jami 15 ta murojaat ko‘rib chiqildi
Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa nazoratga olindi.
XULOSA: Sayyor qabul — xalq muammolarini joyida hal etish, ochiq muloqot va amaliy natijaga yo‘naltirilgan muhim tizimdir.








