Davlatimiz rahbarining "Gʻijduvon" erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ushbu erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytirilmoqda.
2026-05-01 20:20:00 / Yangiliklar
Xususan, “Baraka” mahalla fuqarolar yig‘inida iqtisodiy zona uchun yer ajratilib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bino-inshootlar qurilmoqda.

Viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur obyektda ham bo‘ldi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda import o‘rnini bosuvchi, eksportbop ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Shu yerda erkin iqtisodiy zonada istiqbolda import o‘rnini bosadigan va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarni o‘rganish va joylashtirish xususida kelishib olindi.
Albatta, mahalliy tadbirkorlarning bu tarzda qo‘llab-quvvatlanishi hudud iqtisodiyoti rivojiga, sanoati yuksalishiga xizmat qiladi.







