RASMIY MUNOSABAT
2026-05-08 00:20:00 / Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston qiyofalari”ni shakllantirishga oid qarorlariga asosan G‘ijduvon tumani hududidan 4 ta mahalla mazkur dasturga kiritilgan bo‘lib, shulardan biri — Soktari MFY hisoblanadi.
Mazkur dastur doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan:
ichki xo‘jalik yo‘llari asfaltlashtiriladi;
yangi transformator o‘rnatiladi;
zamonaviy ko‘ngilochar bog‘ tashkil etiladi.
Soktari MFY hududida joylashgan Sadriddin Ayniy muzeyi Madaniy meros agentligi tasarrufidagi madaniy meros obyekti hisoblanadi. Hozirgi kunda muzeyni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha Madaniy meros agentligiga tegishli takliflar kiritilgan.
Belgilangan tartibda mablag‘ ajratilishi bilan muzeyni ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Shuningdek, muzey atrofidagi kitob va savdo do‘konlari hamda choyxonani loyiha doirasida ta’mirlash va zamonaviy qiyofa berish bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda G‘ijduvon tumanida tarixiy merosni asrab-avaylash, muqaddas qadamjolar va madaniy obyektlarni zamon talablari asosida obod qilish, aholi uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
