YOSHLAR TASHABBUSI – YANGI IMKONIYATLAR SARI QAT’IY QADAM.
2026-04-30 15:10:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimligi binosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud biznesini kengaytirish istagidagi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi F.Umarov, tuman prokurori hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida yoshlarning har bir murojaat va takliflari tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi hamda ijro muddatlari belgilandi.
Bildirilgan barcha masalalar tez fursatda ijrosini ta’minlash, natijadorlikni oshirish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar qat’iy nazoratga olindi va izchil davom ettiriladi.









