“5000 QADAM” — SOG‘LOM HAYOT SARI BIRLASHTIRGAN QADAM!
2026-04-30 12:35:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 30-aprel kuni Soktari mahalla fuqarolari yig‘inida “5000 qadam” loyihasi doirasida yurish marafoni yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashabbus aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va jismoniy faollikni ommalashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Marafonda yoshlar, nuroniylar, tibbiyot xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, bir maqsad — sog‘lom hayot sari intilish yo‘lida birlashdilar. Har bir qadam nafaqat salomatlik, balki jamiyatdagi ahillik, hamjihatlik va ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
“5000 qadam” loyihasi doirasidagi bunday tadbirlar yurtimizning barcha hududlarida keng quloch yoyib, xalqimiz farovonligi va barkamol jamiyatni barpo etishga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.






