YOSHLAR – YURTIMIZ KELAJAGI, E’TIBOR ESA ENG KATTA KUCH!
2026-04-23 23:45:00 / Yangiliklar
Haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanib kelinayotgani — yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.

Mazkur tashabbus doirasida tuman hokimi, Respublika xalq qabulxonasi rahbari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, hokim o‘rinbosari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tumandagi 67-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflari bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida barcha savollarga batafsil javoblar berildi, ilgari surilgan takliflar ma’qullanib, nazoratga olindi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikrini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qiladi.









