G‘IJDUVONDA MUHIM MULOQOT: ISLOHOTLAR — XALQ MANFAATI UCHUN!
2026-04-05 14:45:00 / Yangiliklar

Tadbir boshida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan mehmonlar ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun tashkil etilgan konsert dasturi barchaga yuqori kayfiyat va iliq taassurotlar ulashdi.
Tadbirni tuman hokimi F. Umarov ochib berib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning asosiy maqsadi — inson qadri va xalq farovonligini ta’minlash ekanini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar — “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi rahbari Husenov Samoydin Qosimovich, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Sharipov Zubaydulla Zaripovich, “Ma’rifat” targ‘ibotchisi Amonov Azizbek Amonov hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari tomonidan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha yoritib berildi.
Tadbirda tuman tashkilot rahbarlari, mahalla xodimlari, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, nuroniylar, shoir va jurnalistlar faol ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, dolzarb taklif va mulohazalar bildirildi.
Bu kabi uchrashuvlar — islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish, fuqarolarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









