G‘ijduvon tumanida “Siyosiy-ma’rifat” soati o‘tkazildi.
2026-04-03 09:35:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, har haftaning juma kuni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamkorligida respublika miqyosida “Siyosiy-ma’rifat” soatlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Ayni mashg‘ulot G‘ijduvon tumani hokimligining kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tib, unda hokimlik apparati xodimlari faol ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmuni, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda aholi bilan ishlashda ochiqlik, qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan “qonun ustuvorligi va xalq manfaatlari — eng oliy qadriyat” tamoyili har bir davlat xizmatchisining kundalik faoliyatida ustuvor mezon bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Shu jihatdan, bunday ma’rifiy mashg‘ulotlar xodimlarning bilim va tafakkurini boyitish, xizmat intizomi hamda mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘quv mashg‘ulotlarini har hafta juma kuni ilm.argos.uz platformasi orqali onlayn tarzda ham kuzatib borish mumkin.





