YOSHLAR – YURTIMIZ KELAJAGI, E’TIBOR ESA ENG KATTA KUCH!
2026-04-03 08:50:00 / Yangiliklar

Shu ezgu tashabbus doirasida tuman hokimligi binosida tuman hokimi rahbarligida, tuman prokurori, tuman IIB rahbari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv oddiy yig‘ilish emas, balki yoshlar qalbiga quloq tutilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.
Unda 1 yillik harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar, harbiy ta’lim o‘qituvchilari, ish izlayotgan hamda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tashabbuskor yigit-qizlar faol ishtirok etdi. Har bir fikr, har bir taklif — kelajak sari tashlangan muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari birma-bir tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Eng muhimi, har bir murojaat nazoratga olinib, amaliy yechim topishi uchun mas’ullar biriktirildi.
Ona Vatanimiz himoyasida xizmat qilib qaytgan yosh harbiylar tuman hokimi tomonidan alohida e’tirof etildi. Ularning jasorati, fidoyiligi va vatanparvarligi — bugungi yoshlar uchun ibrat, ertangi kunimiz uchun mustahkam tayanchdir.









