G‘ijduvonda davlat xizmatchilari salomatligi — e’tibor markazida.
2026-04-01 10:55:00 / Yangiliklar
Davlat xizmatchilari salomatligiga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda ularning salomatligini mustahkamlash va mehnat samaradorligini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida davlat xizmatchilarini birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil etilmoqda.

G‘ijduvon tuman hokimligi boshqaruv apparati, davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Har bir xodimning sog‘ligi malakali shifokorlar tomonidan atroflicha tekshirildi, zarur hollarda chuqurlashtirilgan tekshiruvlar uchun yo‘llanmalar berildi. Bu esa kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish imkonini yaratadi.
Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, davlat xizmatchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlangan ijtimoiy himoya chorasi hisoblanadi. Shu orqali ular sog‘lom va samarali faoliyat yuritishi, xalq manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilishi ta’minlanadi.









