Davlat xaridlari sohasida tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.
2026-04-01 11:30:00 / Yangiliklar

Seminarda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi AJ Buxoro viloyati filiali rahbari, “Uztest” DM Buxoro filiali rahbari, shuningdek hokimi yordamchilari, turli korxona va tashkilotlar hisobchilari hamda tadbirkorlik sub’yektlari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mutaxassislar davlat xaridlari tizimida amal qilayotgan savdo platformalari, ulardan foydalanish tartiblari, afzallik va qulayliklar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlash jarayonida ko‘rsatilayotgan amaliy yordamga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda ishtirokchilarga amaldagi tartiblar, berilayotgan imtiyozlar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, erkin iqtisodiy sanoat zonalarida tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va preferensiyalar haqida ham atroflicha ma’lumot taqdim etildi.
Tadbir yakunida kun tartibidagi mavzular yuzasidan ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Bu esa seminar ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur seminar tadbirkorlik sub’yektlarining davlat xaridlari tizimidagi faolligini oshirish, ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.









