KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH — HAR BIR DAVLAT XIZMATCHISINING BURCHI!
2026-03-25 10:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 25-mart kuni tuman hokimligi binosida tuman tashkilotlari hamda tuman va adliya bo‘limlari bilan hamkorlikda davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan muhim targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Tadbirda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish mexanizmlari hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi. Davlat xizmatchilarining halollik, ochiqlik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Halollik — taraqqiyot garovi! Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash orqali jamiyatimizda adolat va ishonch muhitini yanada mustahkamlaymiz!



