Navroʻzni ulugʻlash — insonni ulugʻlashdir!
2026-03-24 16:00:00 / Yangiliklar

Yangi Oʻzbekistonda Navroʻz — bu shunchaki bayram emas, balki inson qadrini ulugʻlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, mehr-oqibat va bagʻrikenglikni mustahkamlash timsolidir. Gʻijduvon tumanida oʻtayotgan “Navroʻz sayli” festivali ana shu ezgu gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan holda, yurtimizga xos fayz-u tarovat, koʻtarinki kayfiyat va chinakam bayramona ruhda davom etmoqda.





