Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli G‘ijduvon tumani aholisi va mehmonlari!
2026-03-21 11:10:00 / Yangiliklar

Navro‘z — bu tabiat uyg‘onishi, yangilanish va ezgulik timsolidir. Bu go‘zal bayram har birimizning hayotimizga yangi orzu-intilishlar, ezgu maqsadlar va porloq umidlar olib kiradi. Ushbu nurli kunlar sizlarga ilhom, kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqishiga zamin yaratsin.
Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik har bir xonadonga fayzu baraka olib kelsin. Har bir oila baxt va saodatga to‘lsin, mahallalarimizda hamjihatlik va mehr-oqibat yanada mustahkam bo‘lsin. Hayotimiz quvonchli damlar, to‘yu tantanalar bilan yanada go‘zal va mazmunli kechsin.
Doimo yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yana bir bor barchangizni Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!
Hurmat bilan,
Farxod Umarov,
G‘ijduvon tumani hokimi.
